Yangiliklar

Antikorrupsiya agentligi 1 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan uchta davlat xaridida qonunbuzilishi holatlarini aniqladi

Antikorrupsiya agentligi 1 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan uchta davlat xaridida qonunbuzilishi holatlarini aniqladi
Ilyustrativ foto

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining masofaviy monitoring tartibidagi oʻrganishlarida davlat buyurtmachilarining umumiy qiymati 1 mlrd soʻmdan ortiq davlat xaridlarida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Jumladan:

  • Toshkent shahar 5-sonli yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasining 432,0 mln soʻmlik;
  • Chapqirgʻoq-Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasining 79,9 mln soʻmlik;
  • Amu-Buxoro mashina kanali Olot tuman boshqarmasining 533,2 mln soʻmlik. 

“Ushbu davlat xaridlari boʻyicha buyurtmachilarga Agentlikning taqdimnomalari kiritilib, Xarid komissiyasining gʻolibni aniqlash boʻyicha bayonnomalari bekor qilindi. Shuningdek, davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilishiga yoʻl qoʻygan shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish maqsadida toʻplangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi”, – deyiladi xabarda.