Yangiliklar

Kamondan otish boʻyicha milliy terma jamoa aʼolari Osiyo Kubogining birinchi bosqichida sovrinli oʻrinlarni egalladi

Kamondan otish boʻyicha milliy terma jamoa aʼolari Osiyo Kubogining birinchi bosqichida sovrinli oʻrinlarni egalladi
Foto: Milliy gvardiya qoʻriqlash bosh boshqarmasi

2024-yilning 21-25-fevral kunlari Bagʻdod shahrida (Iroq) kamondan otish boʻyicha Osiyo kubogining birinchi bosqichi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Milliy gvardiya qoʻriqlash bosh boshqarmasi xabar berdi. 

Kamondan otish milliy terma jamoamiz vakillari ushbu nufuzli musobaqalarda munosib ishtirok etib, sovrinli oʻrinlarni egallashdi.

Osiyo kubogining birinchi bosqichining yakuniy natijalariga koʻra:

1. Abdusattorova Ziyodaxon, Xamroyeva Nilufar va Nurmanova Jasmina ayollar oʻrtasida jamoa birinchiligi yoʻnalishi boʻyicha 2 oʻrinni egallashdi;

2. Sadikov Amirxon, Chen Yao Yuy va Abdulxamidov Shoxjaxon erkaklar oʻrtasida jamoa birinchiligi yoʻnalishi boʻyicha 3 oʻrinni egallashdi;

3. Abdusattorova Ziyodaxon va Sadikov Amirxon MIX yoʻnalishida 3 oʻrin uchun egallashdi;

4. Xamroyeva Nilufar yakkalik yoʻnalishi boʻyicha 3 oʻrinni qoʻlga kiritdi, uning raqibi Abdusattorova Ziyodaxon 4 oʻrinni egalladi;

5. Sadikov Amirxon yakkalik yoʻnalishi boʻyicha 3 oʻrinni qoʻlga kiritdi.