Yangiliklar

Oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat yoʻnalishiga necha nafar xotin-qizlar qabul qilingan?

Oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat yoʻnalishiga necha nafar xotin-qizlar qabul qilingan?
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022/2023 oʻquv yili boshiga Oʻzbekistonda oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat yoʻnalishiga 134 217 nafar xotin-qizlar qabul qilingan.

Qabul qilingan xotin-qizlar soni sohalar boʻyicha quyidagicha:

  • Taʼlim – 65 065 nafar;
  • Sanʼat va gumanitar fanlar – 14 286 nafar;
  • Biznes, boshqaruv va huquq – 11 741 nafar;
  • Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot – 10 291 nafar;
  • Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari – 10 167 nafar;
  • Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot – 8 487 nafar;
  • Tabiiy fanlar, matematika va statistika – 4 428 nafar;
  • Qishloq, oʻrmon, baliqchilik xoʻjaligi va veterinariya – 4 027 nafar;
  • Xizmatlar – 2 971 nafar;
  • Axborot-kommunikasiya texnologiyalari – 2 754 nafar.