Yangiliklar

Poytaxtda avtobus va Tracker ishtirokida avariya sodir boʻldi

Poytaxtda avtobus va Tracker ishtirokida avariya sodir boʻldi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkentda Tracker 197 km/soat tezlikda yoʻlovchi avtobusiga kelib urildi. Bu haqda Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 29-fevral kuni soat 06:45 larda “King Long” rusumli, 63-sonli yoʻnalishda harakatlanayotgan haydovchi A.J. boshqaruvidagi avtobus Mirzo Ulugʻbek tumani, Yangi Oʻzbekiston koʻchasi chorrahasidan qayrilib olish vaqtida, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan“Tracker” avtomobili 197 km/soat tezlikda kelib, avtobus (oʻrta shina qismiga tegib) bilan toʻqnashuv sodir etgan.

Ushbu yoʻl-transport hodisasi vaqtida avtobus salonida yoʻlovchilar boʻlmagan. Hozirda ushbu yoʻl-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kompaniya matbuot xizmatining “Gazeta.uz”ga aniqlik kiritishicha, Tracket haydovchisi vafot etgan.