Yangiliklar

Surxondaryoda Milliy gvardiyaga qabul qilingan inspektor-psixologlar xizmat vazifasini bajarishga kirishdi

Surxondaryoda Milliy gvardiyaga qabul qilingan inspektor-psixologlar xizmat vazifasini bajarishga kirishdi
Foto: Milliy gvardiya

Prezident boshchiligida 5-fevral kuni oʻtkazilgan ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilishda maktablardagi inspektor-psixologlar shtati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga oʻtkazildi.

Inspektor-psixologlarning asosiy vazifasi, oʻquvchilarning taʼlim-tarbiyasini tashkil etishda maktab jamoalariga yaqindan koʻmaklashish, muntazam dars qoldiruvchi oʻquvchilarning ota-onalari bilan ishlashdan iborat.

Ushbu vazifalarni samarali ijro etilishini taʼminlash maqsadida Milliy gvardiyaning respublikamiz boʻyicha boshqarmalarida inspektor-psixologlar uchun seminar mashgʻulotlari oʻtkazilib, ularga Milliy gvardiyaga qabul qilinganligi boʻyicha xizmat guvohnomalari topshirilmoqda.

Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasida boʻlib oʻtdi. Unda 85 nafar inspektor-psixologlarga Milliy gvardiya xizmat guvohnomalari topshirildi.

Shuni alohida taʼkidlashimiz kerakki, endilikda maktab direktorlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, Chaqiriqqa qadar yoshlarni tayyorlash boʻyicha oʻrinbosarlari, psixolog va sinf rahbarlarining oʻquvchilar maʼnaviyatini yuksaltirish va darslardagi ishtiroki, taʼlim-tarbiya ishlarini hamohang tashkil etishga doir masʼuliyati yanada oshiriladi. Ota-onalar va mahalla faollari ishtirokidagi “Oila – mahalla – maktab” hamkorligi uzviy tashkil etiladi.

Oʻquvchilarning darsda muntazam ishtirokini taʼminlash, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun toʻgarak va mashgʻulotlarni koʻpaytirish, ushbu jarayonlarga ota-onalar va hududdagi faol fuqarolarni keng jalb etish boʻyicha manzilli ishlar olib boriladi.