Yangiliklar

Xonqada maktab oʻqituvchisi dars vaqtida oʻquvchi qizni kaltakladi

Xonqada maktab oʻqituvchisi dars vaqtida oʻquvchi qizni kaltakladi
Videodan skrin

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatining Xonqa tumanida maktab oʻqituvchisi oʻquvchini urayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot xizmati holat boʻyicha munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, Xonqa tumanidagi 36-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida sodir boʻlgan hodisa yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tekshiruv doirasida oʻquvchilarda tan jarohatlarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Tekshiruv harakatlari Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.