Yangiliklar

Andijonda haydovchilik guvohnomasi yoʻq fuqaro mashinani qarama-qarshi yoʻnalishda haydadi

Andijonda haydovchilik guvohnomasi yoʻq fuqaro mashinani qarama-qarshi yoʻnalishda haydadi
Videodan skrin

Ijtimoiy tarmoqlarda “Tracker” rusumli, 60A101GA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi qarama-qarshi harakatlanish uchun moʻljallangan tomonga chiqib harakatlanganligi aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Andijon viloyati YHXB Axborot xizmati munosabat bildirdi. 

Mazkur holat Andijon viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan oʻrganilganda, ushbu avtomobil 1985-yilda tugʻilgan A.A.ga tegishli ekanligi, videoda aks etgan qoidabuzarlikni esa uning haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan jiyani, 2004-yilda tugʻilgan A.O. tomonidan 2023-yil 24-dekabr kuni sodir etilganligi maʼlum boʻldi.

Holat boʻyicha MJtKning 128⁵-moddasi ikkinchi qismi va 135-moddasi ikkinchi qismi tartibida maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qoʻyilgan.