Yangiliklar

Buxorodagi avtomobil ehtiyot qismlari doʻkonining yertoʻlasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir boʻlgani aytilmoqda

Buxorodagi avtomobil ehtiyot qismlari doʻkonining yertoʻlasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir boʻlgani aytilmoqda
Ilyustrativ foto

Bugun, 1-mart kuni soat 08:57 larda Buxoro viloyati, Buxoro shahar, “Yoshlik” MFY, Alpomish koʻchasida joylashagan 2-qavatli binoning 1-qavatidagi avtomobil ehtiyot qismlari doʻkonining yertoʻlasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir boʻlganligi taxmin qilinmoqda. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Chaqnash oqibatida 1-qavatning 2 dona beton plitasi qulab tushgan.

Chaqnash sababi va zarari aniqlanmoqda. Voqea joyida yongʻin sodir boʻlmagan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida 1 nafar fuqaro olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida xalok boʻlgan va yana 1 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan.

Voqea joyiga viloyat va shahar FVB rahbariyati hamda yongʻin-qutqaruv ekipajlari, IIB, Prokuratura, “Hududgaztaʼminot” va SSB xodimlari chiqishgan.

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.