Yangiliklar

Nukus shahridagi xonadondan 4 140 litr “Ai-80” markali benzin yoqilgʻisi ashyoviy dalil sifatida olindi

Nukus shahridagi xonadondan 4 140 litr “Ai-80” markali benzin yoqilgʻisi ashyoviy dalil sifatida olindi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nukus shahar boʻlimi, IIV va FVB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.T. Nukus shahri Moychilar koʻchasidagi oʻz xonadonida “yama” tashkil etib, noqonuniy daromad orttirish maqsadida “Ai-80” markali benzin yoqilgʻisi savdosi bilan shugʻullanib kelganligi aniqlanib, jami 4 140 litr benzin yoqilgʻisi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.