“Yosh ziyokor” nodavlat taʼlim tashkilotlari uyushmasi chet el universitetlari va tadqiqot institutlari bilan hamkorlik qilish doirasida qator davlatlar elchixonalari va tashkilotlari bilan aloqalar oʻrnatishni boshladi.
Kecha uyushma raisi Rasul Kusherbayevning Yaponiya elchisi Hatori Takashi bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Yaponiya universitetlari bilan hamkorlik qilish, ikki tomon universitetlararo ilmiy-tadqiqot faoliyati, talabalar va akademik almashinuvni yoʻlga qoʻyish, yapon tilli taʼlimni kuchaytirish, taʼlimga grantlar jalb qilish masalalari muhokama qilindi. Xususan, Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi koʻmagida xususiy maktab va universitetlarda taʼlim sifatini oshirish doirasida mutaxassislar koʻmagidan foydalanishga toʻxtalib oʻtildi.
Uchrashuvda Yaponiya elchisi Oʻzbekistondagi nodavlat taʼlimni rivojlantirishda “Yosh ziyokor” uyushmasi bilan hamkorlikni davom ettirishdan mamnun ekanligini bildirdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!