Samarqand viloyati “Qoʻriqlash” boshqarmasi Samarqand shahar “Qoʻriqlash” boʻlimi xodimlarining mehnat samaradorligini oshirish maqsadida xodimlar oʻrtasida Samarqanddagi tarixiy obidalarga sayohatlar uyushtirish borasida bir qator ishlarni amalga oshirib kelishmoqda.
“Qoʻriqlash” xizmati xodimlarining navbatdagi sayohati Ulugʻbek rasadxonasiga boʻldi. Bu yerda xodimlar Mirzo Ulugʻbek davrining oʻziga xos tarixi hamda davlatchiligi asoslari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlishdi.
Bu kabi sayohatlar xodimlarda tarixga boʻlgan qiziqishlarini ortib borishi bilan birga mehnat faoliyati davomida samaradorlikka erishishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!