Yangiliklar

Surxondaryo Milliy gvardiya tizimida “Toʻmaris izdoshlari” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi

Surxondaryo Milliy gvardiya tizimida “Toʻmaris izdoshlari” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi
Foto: Milliy gvardiya

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasida “Toʻmaris izdoshlari” koʻrik tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi.

Milliy gvardiya ayol harbiy xizmatchilari hamda “Qoʻriqlash” boshqarmasi xodimalari ishtirokida oʻtkazilgan musobaqa yuqori kayfiyatda, koʻtarinki ruhda oʻtdi.

Unda ishtirokchilar savol-javob, kitobxonlik, tirda oʻq otish, saf tayyorgarligi, otni egarlash va minish hamda kamondan otish sport shartlari boʻyicha oʻz jismoniy imkoniyati, bilimi, dunyoqarashi va chaqqonliklarini namoyon etishdi. Tanlov ishtirokchilarining har bir chiqishlari hakamlar hayʼati tomonidan odilona baholanib borildi.

Murosasiz oʻtgan bellashuvda ishtirokchilar maxsus diplom va esdalik  sovgʻalar bilan taqdirlandilar. Gʻoliblar musobaqaning respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.