Yangiliklar

Toʻrtta hududda valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Toʻrtta hududda valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamenting Yangiobod tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan O.Yu. jami 4 000 AQSH dollarini fuqaro B.D.ga 50 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda IIVning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan fuqaro D.R. jami 4 000 AQSH dollarini fuqaro M.D.ga 49,7 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Fargʻona viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda Fargʻona shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan S.N. jami  3 600 AQSH dollarini fuqaro O.A.ga 44,9 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Toʻrtkoʻl tuman boʻlimi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan fuqaro M.S. jami 3 500 AQSH dollarini fuqaro H.I.dan 43,5 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.