Yangiliklar

Uchta viloyatda “Ai-80” markali benzin yoqilgʻisini qoʻlda qimmat narxlarda sotish holatlari aniqlanmoqda

Uchta viloyatda “Ai-80” markali benzin yoqilgʻisini qoʻlda qimmat narxlarda sotish holatlari aniqlanmoqda
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari tomonidan FVB va soliq idoralari bilan hamkorlikda Xiva, Bogʻot, Hazorasp, Gurlan, Yangiariq, Tuproqqalʼa tumanlari va Urganch shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda 9 nafar fuqaro yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzgan holda noqonuniy daromad orttirish maqsadida “Ai-80” markali benzin yoqilgʻisini oʻz yashash uylarida qimmat narxlarda chakana sotish bilan shugʻullanib kelayotganliklari aniqlanib, ulardan jami 1 355 litr benzin yoqilgʻisi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda “Ai-80” markali benzin yoqilgʻisini qimmat narxlarda chakana sotish bilan shugʻullanib kelgan shaxslardan jami 1 066 litr benzin yoqilgʻisi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi hamda Nurota, Qiziltepa, Navbahor va Xatirchi tumani boʻlimlari tomonidan FVB idoralari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda 7 nafar fuqaro oʻz uylarida qimmat narxlarda “Ai-80” markali benzin yoqilgʻisini chakana sotish bilan shugʻullanib kelayotganliklari aniqlanib, ulardan jami 931 litr benzin yoqilgʻisi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining tegishli moddalari bilan qonuniy choralar koʻrilmoqda.