Yangiliklar

“Ai-80” markali benzin yoqilgʻisini qoʻlda qimmat narxda sotish holatlari aniqlanmoqda

“Ai-80” markali benzin yoqilgʻisini qoʻlda qimmat narxda sotish holatlari aniqlanmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi hamda hududiy boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda 14 nafar fuqaro noqonuniy daromad orttirish maqsadida yashash xonadonlarida “AI-80” markali benzin yoqilgʻisini chakana sotish bilan shugʻullanib kelayotganliklari aniqlanib, ulardan jami 1 270 litr benzin yoqilgʻisi ashyoviy dalil sifatida olingan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining tegishli moddalari bilan qonuniy choralar koʻrilmoqda.