Yangiliklar

Buxoroda va Andijonda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Buxoroda va Andijonda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olot tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.O. noqonuniy daromad orttirish maqsadida jami 102 dona “Reduksin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro X.X.ga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Shu kabi, Departamentning Andijon shahar boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.R. va boshqalar noqonuniy daromad orttirish maqsadida “Mustaqillik” MFY hududida jami 75 dona “Tropikamid” va “Pfizer” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini oʻtkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan. 

 Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.