Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltiariq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “A.S.” hamda “I.Y.” fermer xoʻjaliklari masʼul shaxslari “M.B.” xususiy korxonasi rahbari R.M. bilan oʻzaro til biriktirib, ushbu fermer xoʻjaliklari yer maydonlariga haqiqatda oʻrnatilmagan 14 629 dona shpalerlar uchun jami 219,3 mln soʻm miqdorida subsidiya mablagʻlari ajratilishiga erishib, ushbu mablagʻlarni “M.B.” xususiy korxonasi orqali naqdlashtirib olganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!