Yangiliklar

Fargʻonada bir oilaning uch nafar aʻzosi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Fargʻonada bir oilaning uch nafar aʻzosi is gazidan zaharlanib vafot etdi

1-mart kuni Fargʻona viloyati Besharik tumanida 3 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda “Gazeta.uz” Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, tumanning “Obodon” koʻchasida yashagan 51 yoshli erkak va uning 2 nafar farzandi — 12 yoshli qizi va 11 yoshli oʻgʻli yashash xonadonida is gazidan zaharlanib vafot etgan.

Koʻzdan kechirish davomida marhumlar istiqomat qilgan xonadonda nostandart qoʻlbola isitish pechidan foydalanilgani aniqlangan.

Holat boʻyicha sud tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Tekshirish harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.