Yangiliklar

Oʻzbekistonda bakalavriat yoʻnalishida qancha talaba tahsil olayotgani maʼlum qilindi

Oʻzbekistonda bakalavriat yoʻnalishida qancha talaba tahsil olayotgani maʼlum qilindi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022/2023-oʻquv yili boshiga koʻra, Oʻzbekistonda oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar soni 1 mln 009 ming 271 nafarga yetgan.

Talabalar soni sohalar boʻyicha quyidagicha:

  • Taʼlim – 317 872 nafar
  • Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari – 167 970 nafar
  • Biznes, boshqaruv va huquq – 113 723 nafar
  • Sanʼat va gumanitar fanlar – 93 513 nafar
  • Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot – 74 868 nafar
  • Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot – 60 023 nafar
  • Xizmatlar – 46 852 nafar
  • Qishloq, oʻrmon, baliqchilik xoʻjaligi va veterinariya – 46 556 nafar
  • Axborot-kommunikasiya texnologiyalari – 46 066 nafar
  • Tabiiy fanlar, matematika va statistika – 41 828 nafar