Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022/2023-oʻquv yili boshiga koʻra, Oʻzbekistonda oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar soni 1 mln 009 ming 271 nafarga yetgan.
Talabalar soni sohalar boʻyicha quyidagicha:
- Taʼlim – 317 872 nafar
- Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari – 167 970 nafar
- Biznes, boshqaruv va huquq – 113 723 nafar
- Sanʼat va gumanitar fanlar – 93 513 nafar
- Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot – 74 868 nafar
- Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot – 60 023 nafar
- Xizmatlar – 46 852 nafar
- Qishloq, oʻrmon, baliqchilik xoʻjaligi va veterinariya – 46 556 nafar
- Axborot-kommunikasiya texnologiyalari – 46 066 nafar
- Tabiiy fanlar, matematika va statistika – 41 828 nafar
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!