Yangiliklar

Toshkent viloyatida yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir boʻldi

Toshkent viloyatida yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir boʻldi
Foto: Toshkent viloyati YHXB

Bugun, 2-mart kuni soat taxminan 10:30larda haydovchi, 1991-yilda tugʻilgan A.Sh. boshqaruvida boʻlgan “OHANGARONSEMENT” AJga tegishli “HOWO” rusumli maxsus yuk avtomashinasi (tirkamasi bilan) Olmaliq-Toshkent  avtomobil yoʻlining Yuqorichirchiq tumani hududidan oʻtgan 28 km da, oʻzi bilan bir (Vodiy-Toshkent) yoʻnalishda kelayotgan haydovchi 1996-y.t. I.B. boshqaruvida boʻlgan “SANY SEMI TRILER TRACTOR” rusumli yuk avtomashinasiga (tirkamasi bilan) urililishi oqibatida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan. 

Natijada ikkala transport vositalariga texnik shikast yetgan. YTH natijasida tan jarohati olganlar yoʻq. 

Hozirda holat yuzasidan Yuqorichirchiq tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.