Yangiliklar

Abdulaziz Kamilovning oʻgʻli Chinozdagi neft zavodi egasiga aylandi

Abdulaziz Kamilovning oʻgʻli Chinozdagi neft zavodi egasiga aylandi
Foto: davletovuz / Telegram

“Chinoz neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ ham xususiylashtirildi. Xaridor UNG Petro AYOQSHlarini xarid qilgan Petroleum Technology Group MCHJ.

Mazkur kompaniya Kamilov Daniyar Abdulazizovichga taalluqli.

2016-yilda ishga tushirilgan Chinoz neftni qayta ishlash zavodi 2022-yilda sotuvga chiqarilgan edi. 2023-yil boshida xaridorlardan takliflar qabul qilingan, bu jarayon ozgina choʻzilgan ham.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xususiylashtirishning keyingi taqdiri haqida boshqa axborot taqdim etmagan.