Yangiliklar

Dollar kursi koʻtarilishda davom etmoqda

Dollar kursi koʻtarilishda davom etmoqda
Foto: Markaziy bank

Oʻzbekistonda dollar kursi koʻtarildi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Maʼlumotga koʻra, dollarning rasmiy kursi 10,56 soʻmga koʻtarilib, 5-martdan boshlab 12 525,01 soʻmni tashkil etadi.

Shuningdek, yevro kursi 52,75 soʻmga koʻtarilib, seshanbadan 13 588,38 soʻmni tashkil qiladi. Rubl kursi 0,14 soʻmga koʻtarilib, 5-martdan rublning rasmiy kursi 137,20 soʻmni tashkil etadi.