Yangiliklar

Oʻzbekistonda zilzila sodir boʻldi

Oʻzbekistonda zilzila sodir boʻldi
Ilyustrativ foto

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi: Oʻzbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 04.03.2024 11:29 da (04.03.2024-yil, Grinvich boʻyicha 06:29 da) zilzila sodir boʻldi.

Episentr: Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani. Zilzila koordinatalari: 38,78 gradus shimoliy kenglik; 64,94 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,6. Chuqurlik 8 km. Zilzila episentri Toshkentdan 457 km janubiy-gʻarbda.

Oʻzbekiston hududida sezilish kuchi: Qashqadaryo viloyatida 2-3 ball, 73 km.