Yangiliklar

Prezident bir guruh xotin-qizlarni “Zulfiya” mukofoti bilan taqdirladi 

Prezident bir guruh xotin-qizlarni “Zulfiya” mukofoti bilan taqdirladi 
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida”ga qarorga imzo chekdi. 

“Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar roʻyxati:

  • Xudaybergenova Gulshinar Jangabayevna – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahridagi 1-bolalar musiqa va sanʼat maktabining baxshichilik sinfi oʻqituvchisi
  • Kokanova Nursuliu Jenisbay qizi – Qoraqalpoq davlat universitetining chet tillari fakulteti filologiya yoʻnalishi 4-bosqich talabasi
  • Suleymanova Oʻgʻilxon Abdurazok qizi – Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazining Andijon viloyati boʻlimi artist-maqomchisi
  • Jonibekova Xusniyobonu Ergashvoy qizi – Andijon viloyati Xoʻjaobod tumani “Gara guri” mahalla fuqarolar yigʻinidagi yoshlar yetakchisi
  • Pulatova Mohichexra Temirovna – Buxoro davlat universitetining qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha tayanch doktoranti
  • Toʻxtamishova Gulnora Mels qizi – Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 2-kasb-hunar maktabining informatika fani oʻqituvchisi
  • Chilmurzayeva Maftuna Abdumannon qizi – Oʻzbekiston Milliy universitetining qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha mustaqil tadqiqotchisi (Jizzax viloyati)
  • Xojiboqiyeva Niginaxon Oʻtkir qizi – Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali psixologiya fakulteti iqtisodiyot yoʻnalishi  3-bosqich talabasi
  • Hakimova Shahzoda Bahriddin qizi – Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakulteti 1-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati)
  • Mirzayorova Sevara Ubaydullayevna – Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining sanoat issiqlik energetikasi ixtisosligi boʻyicha tayanch doktoranti
  • Eshpoʻlatova Mohira Oʻtkirjon qizi -Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 34-umumiy oʻrta taʼlim maktabining oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi (Navoiy viloyati)
  • Omonboyeva Meruyert Erkin qizi – Navoiy viloyati Nurota tumanidagi “Qosimqaji-Meruyert” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori
  • Xakimova Dilshoda Oybek qizi – Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati)
  • Ahmadjonova Muhayyojon Akramjon qizi – Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakulteti 6-bosqich talabasi (Namangan viloyati)
  • Savadyan Vilana Arsenovna – Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 51-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi, badiiy gimnastika boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi
  • Yunusova Nargiza Tuychimurod qizi – Samarqand viloyati Tayloq tumani “Qoʻshchinor” gazetasi muxbiri
  • Akramova Sarvinoz Abduvohid qizi – Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti 3-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)
  • Irisqulova Kamola Normat qizi – Toshkent davlat transport universitetining avtomobil yoʻllarini loyihalash va qurish mutaxassisligi boʻyicha 1-bosqich magistranti (Sirdaryo viloyati)
  • Ergashova Sadoqat Eshmamat qizi – Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining oʻzbek adabiyoti ixtisosligi boʻyicha tayanch doktoranti (Surxondaryo viloyati)
  • Suyunova Shamsiqamar Iskandarovna – Roʻzi Choriyev nomidagi Surxondaryo viloyati ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatining 11-sinf oʻquvchisi
  • Tursunboyeva Fotima Botir qizi – Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri opera ijrochisi (Toshkent viloyati)
  • Xaqnazarova Umida Ural qizi – Toshkent davlat agrar universitetining ipakchilik mutaxassisligi boʻyicha 2-bosqich magistranti
  • Abdusattorova Ziyodaxon Dilshodjon qizi – Fargʻona viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining kamondan otish boʻyicha sportchisi
  • Yoʻldasheva Muxayyoxon Alisher qizi – Fargʻona politexnika institutining qurilish fakulteti 4-bosqich talabasi
  • Shomurotova Zulfiya Akmaljon qizi – Xorazm viloyati Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi
  • Sapayeva Risolat Rustam qizi – Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali xoreografiya fakulteti 2-bosqich talabasi
  • Tosheva Marjana Rustam qizi – Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutining vokal va cholgʻu ijrochiligi pedagoglarini tayyorlash kafedrasi oʻqituvchisi
  • Trashkova Yelizaveta Dmitriyevna  – Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya sanʼati fakulteti 1-bosqich talabasi