Yangiliklar

Qaysi sohada kichik tadbirkorlik subyektlari koʻproq tashkil etilgan?

Qaysi sohada kichik tadbirkorlik subyektlari koʻproq tashkil etilgan?
Ilyustrativ foto

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar oyida 5 945 ta yangi kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilgan.

Ularning iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha soni quyidagicha:

  • savdo sohasida – 2 438 ta
  • sanoat sohasida – 762 ta
  • yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 556 ta
  • qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 487 ta
  • qurilish sohasida – 339 ta
  • axborot va aloqa sohasida – 250 ta
  • tashish va saqlash sohasida – 214 ta
  • sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida – 138 ta
  • boshqa sohalarda – 761 tani tashkil etgan