Yangiliklar

Toshkent viloyatida er-xotin is gazidan vafot etdi

Toshkent viloyatida er-xotin is gazidan vafot etdi
Ilyustrativ foto

Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida er-xotin is gazidan vafot etdi, deb xabar bermoqda “Daryo” Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovga tayanib.

3-mart kuni soat 06:30 larda tumanning Yangi boʻston koʻchasidagi uyda yashovchi 68 yoshli erkak va uning turmush oʻrtogʻi oʻz xonadoni yotoqxonasida is gazidan zaharlanib, hodisa joyida vafot etgan.

Sud tibbiy ekspertiza boʻlimining birlamchi maʼlumotnomasida ularning oʻlimiga is gazidan oʻtkir zaharlanish, miya va oʻpka shishi sabab boʻlgani koʻrsatilgan.

Ayni paytda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.