Yangiliklar

Jizzaxda maktab oʻquvchisi dars vaqtida xushidan ketdi

Jizzaxda maktab oʻquvchisi dars vaqtida xushidan ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxdagi maktabda oʻquvchi xushidan ketib qolgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Bosh prokuraturaning xabariga koʻra, Paxtakor tumanidagi 9-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida sodir boʻlgan hodisa yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.

Aniqlanishicha, 1-sinf rahbari S.S. (ayol) imtihon olgan vaqtida, qoniqarsiz baho olgan oʻquvchilarni doska yoniga chiqarib, ularga tanbeh bergan vaqtida, shu sinf oʻquvchisi oʻzini tuta olmasdan yiqilib tushgan.

Tekshiruv harakatlari Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.