Yangiliklar

Poytaxtda dizel yoqilgʻisini sotayotgan shaxslar ushlandi

Poytaxtda dizel yoqilgʻisini sotayotgan shaxslar ushlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro K.Gʻ. jami 1 250 litr dizel yoqilgʻisini fuqaro A.B.ga 11,8 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, Bektemir tumanidagi unga tegishli omborxonadan sotish uchun saqlab qoʻyilgan 3 600 litr dizel yoqilgʻisi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Yakkasaroy tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Toshkent kichik xalqa yoʻli boʻyida noqonuniy yoqilgʻi savdosi bilan shugʻullanib kelgan J.R. 200 litr dizel yoqilgʻisini 2 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.