Yangiliklar

Qashqadaryoda 1,2 mlrd soʻm kredit mablagʻini naqdlashtirib olgan MCHJ rahbari aniqlandi

Qashqadaryoda 1,2 mlrd soʻm kredit mablagʻini naqdlashtirib olgan MCHJ rahbari aniqlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Koʻkdala tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “X.F.” MCHJ rahbari X.X. ish yurituvchisi A.Ya. va boshqalar hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 1,5 mlrd soʻm kredit mablagʻlari evaziga shartnomada koʻrsatilgan qurilish mollari va temir-beton mahsulotlarini sotib olmasdan ushbu mablagʻlarning 1,2 mlrd soʻmini “U.Q.” MCHJga oʻtkazish orqali naqdlashtirib olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.