Yangiliklar

Samarqandda fermer xoʻjaligining lalmi yer maydonini sotgan shaxs aniqlandi

Samarqandda fermer xoʻjaligining lalmi yer maydonini sotgan shaxs aniqlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻshrabot tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro F.Q. va boshqalar tumandagi “Sh.b.” fermer xoʻjaligi rahbarining xabardorligisiz 5 nafar fuqaroga ushbu fermer xoʻjaligining lalmi yer maydonini sotishga kelishib, ularning jami 75,9 mln soʻmini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.

Tekshiruv davomida F.Q. tomonidan 15 mln soʻmning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.