Yangiliklar

Savdo-sanoat palatasining Toshkent viloyati boshqarmasiga rahbar tayinlandi

Savdo-sanoat palatasining Toshkent viloyati boshqarmasiga rahbar tayinlandi
Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Abdurasul Abduhalilov Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi rahbari lavozimiga tayinlandi.

U 1984-yili Toshkent shahrida tugʻilgan. Oliy maʼlumotli. Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

Faoliyati davomida ichki ishlar idoralarida, xususiy tadbirkorlik subyektida masʼul vazifalarda ishlagan.