Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq shahar boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “U.” MCHJ mutaxassisi A.A. “C.B.” MCHJ rahbari Sh.Sh.ning ishonchiga kirib, goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida ushbu korxonaga beton ishlab chiqarish zavodi uchun laboratoriya xulosasi va sertifikat rasmiylashtirib olib berishi evaziga 3 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!