Yangiliklar

Toshkentda sodir boʻlgan YTH oqibatida bir kishi vafot etdi

Toshkentda sodir boʻlgan YTH oqibatida bir kishi vafot etdi
Videodan skrin

4-mart kuni soat 21:00 larda Olmazor  tumani Jarariq koʻchasi 11-uy qarshisida (voyaga yetmagan) haydovchi 2008-yilda tugʻilgan Q.S. boshqaruvida boʻlgan Spark avtomashinasi, 1984-yilda tugʻilgan R.R. boshqaruvida boʻlgan Nexia-2 avtomashinasi hamda 2000-yilda tugʻilgan R.A. boshqaruvidagi Lacetti avtomashinalari ishtirokida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.

YTH natijasida Nexia rusumli avtomashinasi haydovchisi olgan tan jarohatlari  natijasida shifoxonada vafot etgan. Shuningdek Spark rusumli avtomashinasining haydovchisi va 1 nafar 2009-yilda tugʻilgan yoʻlovchisi tan jarojat olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.