Yangiliklar

Jasur Jabborov “Oʻzshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi direktori etib saylandi

Jasur Jabborov “Oʻzshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi direktori etib saylandi
Foto: “Oʻzshahar qurilish invest” IK

Bugun “Oʻzshahar qurilish invest” IK ishtirokchilarining navbatdagi umumiy yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda IK matbuot xizmati xabar berdi.

Kun tartibida korxonaning 2023-yildagi moliya-xoʻjalik faoliyati yakunlari toʻgʻrisidagi hisoboti tinglandi.

2024-yilga moʻljallangan biznes-rejasi tasdiqlandi. Shuningdek, kompaniyaning amaldagi direktori boshqa lavozimga tayinlanganligi sababli Jamiyatga yangi ijro organi rahbarini saylash masalasi ham koʻrib chiqildi. Unga koʻra, bir ovozdan Jabborov Jasur Bozorovich “Oʻzshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi direktori etib saylandi.