Yangiliklar

Toshkent viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Toshkent viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota va Chinoz tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqarolar D.A. va N.E. oʻz xonadonlarida tashkil etilgan issiqxonalarni tijorat maqsadida hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi gaz tarmoqlariga oʻgʻrilik yoʻli bilan ulab, jami 230,2 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.