Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda muqaddam sudlangan M.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida Shirin koʻchasi hududida jami 54 dona “Zardeks” va “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro K.K.ga 4,9 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!