Yangiliklar

“8-mart kuni poytaxt jamoat transportida harakatlanish ayollar uchun bepul etib belgilanmagan” –Toshshahartransxizmat AJ

“8-mart kuni poytaxt jamoat transportida harakatlanish ayollar uchun bepul etib belgilanmagan” –Toshshahartransxizmat AJ
Foto: Transport vazirligi

Ijtimoiy tarmoqlarda 8-mart kuni ayollar uchun jamoat transportida yurish bepul boʻlishi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshshahartransxizmat AJ matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu axborot mutlaqo asossiz va yolgʻon axborot hisoblanadi. 

8-mart kuni poytaxt jamoat transportida harakatlanish ayollar uchun bepul etib belgilanmagan.