“Mushtum” jurnali va uning barcha internet tarmoqlari oʻz faoliyatini davom ettiradigan boʻldi. Bu haqda jurnalning Telegram kanalida maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, yuzaga kelgan kelishmovchiliklar hamda iqtisodiy muammolar ijobiy tomonga hal etildi.
“Aziz vatandoshlar! Jurnalning taqdiriga befarq boʻlmaganingiz va chin dildan qoʻllab-quvvatlaganingiz uchun Sizlarga tashakkur!”, – deya qoʻshimcha qilingan xabarda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!