Yangiliklar

“Tez yordam”ning 5 ta hududiy filialiga “Volkswagen Caddy” avtomashinalari topshirildi

“Tez yordam”ning 5 ta hududiy filialiga “Volkswagen Caddy” avtomashinalari topshirildi
Foto: Sogʻliqni saqlash vazirligi

Sogʻliqni saqlash vazirligi va “Jizzakh Auto” oʻrtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, “103” xizmatiga navbatdagi 70 dona A toifali “Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam avtomashinalari topshirildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

2023-yili Respublika tez tibbiy yordam markazi avtoparki yurtimizda ishlab chiqarilgan 685 ta “Volkswagen Caddy” avtomashinalari bilan boyidi.

Shuningdek, joriy yil fevral oyida “103” xizmatining hududiy filiallariga yana 30 dona ana shunday zamonaviy avtoulovlar taqdim etildi.

“Jizzakh Auto” tomonidan ishlab chiqarilgan bu galgi 70 ta avtotransport vositalari Respublika tez tibbiy yordam markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Samarqand, Fargʻona va Toshkent viloyati filiallariga mavjud ehtiyojga qarab taqsimlanadi.