Yangiliklar

Fargʻonada sodir boʻlgan YTH oqibatida 4 kishi vafot etdi

Fargʻonada sodir boʻlgan YTH oqibatida 4 kishi vafot etdi
Videodan skrin

20-fevral kuni  fuqaro Sh.V. Cobalt rusumli avtomashinani “Qoʻqon-Mulkobod-Gulbogʻ Pungan” avtomobil yoʻlining Dangʻara tumanidan oʻtgan qismida boshqarib ketayotib, boshqaruvni yoʻqotib, yoʻlning oʻng chetida harakatlanib ketayotgan 5 nafar piyodachilarni urib yuborib, yoʻl-ulov hodisasi sodir etgan va hodisa joyidan yashiringan.  

Oqibatda fuqarolar Oʻ.I. va K.I.lar hodisajoyida vafot etgan.

D.I., Oʻ.Yo. hamda Sh.J.lar turli darajada tan jarohat olishib, shifoxonaga yotqizilgan. Biroq, malakali tibbiy yordamga qaramasdan  D.I. va Oʻ.Yo.lar olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi  Tergov boshqarmasi tomonidan JK ning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan  jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, yoʻl transport hodisasi sodir etgan Sh.V.ga nisbatan ”Qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.  

Hozirda, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.