Yangiliklar

Oʻzbekistonning oltita viloyatida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi

Oʻzbekistonning oltita viloyatida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

8-14-mart kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishlari sababli respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi. 

Jumladan: 

  • Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida; 
  • Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Nurobod, Qoʻshrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida; 
  • Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Parkent, Ohangaron, tumanlari (Chotqol tizmasi togʻlari);
  • Namangan viloyati: Pop tumanida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.