Yangiliklar

Toshkent metropolitenida 1 kunda oʻrtacha Mancha yoʻlovchi tashilmoqda? 

Toshkent metropolitenida 1 kunda oʻrtacha Mancha yoʻlovchi tashilmoqda? 
Foto: Prezident matbuot xizmati

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilda Toshkent metropolitenida 162,7 mln yoʻlovchi tashilgan. 

Bu koʻrsatkich 2022-yil bilan solishtirilganda 26 mln nafarga koʻp. 

2023-yilda Toshkent metropolitenida bir kunda oʻrtacha 445,9 ming nafar yoʻlovchilar tashilgan boʻlib, 2022-yilga nisbatan solishtirilganda 19 %ga oshgan.