Yangiliklar

Xalqaro xotin-qizlar kunida havo harorati qanday boʻladi?

Xalqaro xotin-qizlar kunida havo harorati qanday boʻladi?
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Oʻzgidromet bugun, 8-mart kuni mamlakat boʻylab havo harorati qanday boʻlishi haqida maʼlumot berdi. Unga koʻra:

TOSHKENT SHAHRI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7° iliq, kunduzi 16-18° iliq boʻladi.

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 14-19° iliq boʻladi.

XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli boʻladi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 14-19° iliq boʻladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq boʻladi.

TOSHKENT, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI 

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq boʻladi.

SAMARQAND VILOYATI

Havo biroz bulutli boʻladi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq boʻladi.

QASHQADARYO VILOYATI

Havo biroz bulutli boʻladi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq boʻladi.

SURXONDARYO VILOYATI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq boʻladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18° iliq boʻladi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 4-9° iliq boʻladi.