Yangiliklar

Ikkita hududda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Ikkita hududda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Koson va Chiroqchi tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “T.M.” va “R.A.” fermer xoʻjaliklari va “M.A.” MCHJ masʼul shaxslari suv nasoslarini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻgʻrilik yoʻli bilan ulab, jami 213,3 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.