Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pop tuman boʻlimi va Namangan viloyati IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda fuqarolar J.A. va E.I. “Gentra” rusumli avtotransport vositalarida hech qanday hujjatsiz 5 turdagi umumiy bahosi 115,7 mln soʻmlik jami 10 810 quti xorijda ishlab chiqarilgan aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini Toshkent shaharida sotish maqsadida olib ketayotganliklari aniqlanib, tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Chiroqchi tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Qamashi tumani YPX maskanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.R. tanishi E.Sh.ning boshqaruvidagi “Tracker” rusumli avtotransport vositasida hech qanday hujjatsiz 5 turdagi jami 2 847 quti xorijda ishlab chiqarilgan aksiz markasiz tamaki mahsulotini Chiroqchi tumanida sotish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!