Yangiliklar

Andijonda 4 tonnadan ziyod “Ai-92” markali benzin yoqilgʻisini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Andijonda 4 tonnadan ziyod “Ai-92” markali benzin yoqilgʻisini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi
Foto: “Oʻzenergoinspeksiya”

Ichki ishlar vazirligining Andijon viloyat boshqarmasi va “Oʻzenergoinspeksiya” Andijon viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Andijon shahri, “Ishchilar” MFY istiqomat qiluvchi fuqaro M.Sh. oʻz xonadonida texnik talablarga zid ravishda benzin yoqilgʻisini sotayotganligi malum boʻldi. 

Xususan, ushbu xonadonda boʻlgan yuk avtomashinadan jami 4 tonna 910 litr Ai-92 markali benzin yoqilgʻisini boʻsh yelim idishlarga quyib olinayotganda aniqlandi. Olib borilgan surishtiruv ishlar natijasida ushbu benzin yoqilgʻisini Fargʻona shahrida joylashgan “MCHJ»ga qarashli korxonadan hech qanday hujjatlarsiz (yuk xati, shartnomasiz, sertifikatsiz) jami 47 mln 900 ming soʻmga sotib olinganligi maʼlum boʻldi. 

Mazkur holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining tegishli moddalari bilan qonuniy choralar koʻrilmoqda.