Fransuz harbiylari maydoni Parij shahridan kattaroq bo‘lgan lagerda mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Politico nashrning yozishicha, Ukrainadagi jangovar harakatlarning uchinchi yili Yevropa qit’asiga to‘liq miqyosli urush muhitini qaytardi.
Shuningdek, harbiy lager polkovnigi Aksel Denis o‘z tashrifi chog‘ida – “Dunyo o‘zining asl mohiyatini ochib berdi: beqaror, xavfli va hamma ham do‘st emas. Biz hushyorlikka, qisqa fursatda tayyor bo‘lishga tayyorlanyapmiz”, deya POLITICO nashriga ma’lum qilgan.
Polkovnik potensial dushmanlar nomini oshkor etmagan, ammo mashg‘ulotning ko‘lamidan bu Rossiya kabi qudratli raqibga qarshi kurashish uchun armiyani tayyorlashga qaratilganligini bilish mumkin.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!