Jahon

Angliyada faollar Cambridgeda namoyish etilgan 110 yillik tarixiy rasmni yo‘q qildi

Angliyada faollar Cambridgeda namoyish etilgan 110 yillik tarixiy rasmni yo‘q qildi

Bunga sabab Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri 1917 yilda yahudiylarning falastinga davlat qurishiga olib kelgan «Balfur dekloratsiyasi» ni imzolagani bòlgan.

Angliyada faollar Cambridge universitetida namoyish etilgan tarixiy rasmga hujm qilishdi. Tarixga “Balfur deklaratsiyasi” nomi bilan kirgan matnga imzo chekkan Lord Arthur Jeyms Balfour portreti yo’q qilindi. Falastin tarafdori “Falestin harakati” guruhiga aloqador faol birinchi bo‘lib rasmni qizil rangga bo‘yagan. Keyin uni pichoq bilan kesib tashlagan.

Bunga sabab Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri Lord Balfour 1917 yilda yahudiylarning Falastinda davlat qurishiga olib kelgan “Balfur deklaratsiyasi” nomi bilan tarixga kirgan deklaratsiyani imzolagani bòlgan. Bu haqida Turkiyaning «Akşam Gazetesi» xabar berdi.

«Falastin harakati» guruhi Britaniya 1917 yildan beri falastinliklarni etnik tozalashni qo’llab-quvvatlaganini da’vo qildi. Shu sababdan chora ko‘rilgani ma’lum qilindi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri o‘rinbosari Oliver Dowden: “Men nohaq vandalizmning ahmoqona harakatidan dahshatga tushdim» deydi jurnalistlarga bergan nutqida. U bu ish shundayligicha qolmasligini va aybdorlar qonun oldida javob berishini aytgan.