Yangiliklar

Dollar kursi koʻtarildi

Dollar kursi koʻtarildi
Foto: Markaziy bank

Oʻzbekistonda dollar kursi koʻtarildi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Maʼlumotga koʻra, dollarning rasmiy kursi 9,90 soʻmga koʻtarilib, 12-martdan boshlab 12 513,01 soʻmni tashkil etadi.

Shuningdek, yevro kursi 52,09 soʻmga koʻtarilib, seshanbadan 13 682,98 soʻmni tashkil qiladi. Rubl kursi 0,31 soʻmga koʻtarilib, 12-martdan rublning rasmiy kursi 137,99 soʻmni tashkil etadi.